Главная » 2017 » Март » 13 » Muhammad Iso Abdulxairov: “Onamni so‘nggi manzilga kuzatolmaganim—eng katta xatoim”
14:24

Muhammad Iso Abdulxairov: “Onamni so‘nggi manzilga kuzatolmaganim—eng katta xatoim”


Aktyor Muhammad Iso Abdulxairov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda hayotida o‘kinch bilan eslaydigan eng katta xatosi haqida gapirdi.

“Juda katta xatoim bor. Juda uzoq safarda bo‘lganim bois, onamning janozasiga kelolmaganman. Uchta samolyot almashib boriladigan uzoq davlatga shartnoma tuzib ishlashga ketganman. Ketganimdan 10 kun o‘tgach, onam vafot etgan. Men onam vafot etganidan so‘ng 6 kun o‘tib kelganman.

Shuning uchun, farzand bo‘lib,ularning tobutini ko‘tarolmaganman. Bu men uchun juda katta xato. Ilmli insonlardan bu harakatning yechimi qanday bo‘ladi, deb so‘raganimda, ular bu ishni atay qilmagansizku, deb javob berishgan”,—deydi Muhammad Iso Abdulxairov. “Har juma kuni onamning qabriga boraman. Imkon qadar, otam, akalarim, jiyanlarim onamning qabriga borib, Qur’on tilovat qilamiz”.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Muhammad Iso Abdulxairov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя