Главная » 2021 » Май » 10 » Mudofaa vazirligi O‘zbekistonga AQSh qo‘shinlari kiritilishi bo‘yicha xabarga izoh berdi
18:55

Mudofaa vazirligi O‘zbekistonga AQSh qo‘shinlari kiritilishi bo‘yicha xabarga izoh berdi


AQShning Wall Street Journal nashri mamlakat qurolli kuchlari O‘rta Osiyoga, jumladan O‘zbekistonga joylashtirilishi mumkinligi haqida yozgandi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mamlakat mudofaa doktrinasida xorijiy harbiy bazalar va inshootlarni joylashtirish nazarda tutilmagan. Vakil shuningdek, O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati mamlakat qurolli kuchlarining tinchlikparvarlik operatsiyalari va chet eldagi harbiy mojarolarda ishtirok etmaslik prinsipiga asoslanganligini qo‘shimcha qildi.

Wall Street Journal materialida Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan olib chiqib ketayotgan qo‘shinlarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirishi mumkinligi aytilgan. Unga ko‘ra, ayrim harbiylar va AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati olib chiqilayotgan harbiylarni Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan qo‘shinlarni O‘zbekiston va Tojikistonga joylashtirish fikrida.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, 2001-yildan 2005-yilgacha AQSh Qarshi shahridan 10 kilometr sharqda joylashgan Xonobod harbiy aerodromidan foydalangan. Biroq, 2005 yilda, Toshkentning iltimosiga binoan, AQSh ko‘chirilgan harbiylarni Qirg‘izistondagi «Manas» aviabazasiga qaytargan. AQSh va «Tolibon» o‘rtasida imzolangan hujjatga ko‘ra, Shtatlar o‘z qo‘shinlarini joriy yilning 1- mayidan 11-sentyabr sanasigacha Afg‘onistondan olib chiqishi lozim.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mudofaa vazirligi, AQSH, O‘zbekistonga, qo‘shinlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя