Главная » 2021 » Июнь » 7 » Mourino Yevro-2020 ni yutish uchun asosiy favorit kimligini aytdi
19:57

Mourino Yevro-2020 ni yutish uchun asosiy favorit kimligini aytdi


Yaqinda Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Yevro-2020 musobaqasida kim g‘olib chiqishi borasida o‘z taxminini bildirdi. Murabbiy Fransiya terma jamoasining musobaqada g‘olib chiqishiga ishonch bildirmoqda.

“Yevropa chempionatini Fransiya yutishini taxmin qilaman, tarkibingizda Kilian Mbappe bo‘lsa, g‘olib chiqmasligingiz juda qiyin masala. Sababi uning bir o‘zi o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi. Menimcha, u aynan shu musobaqadagi ishonchli o‘yini bilan Ronaldu hamda Messidan keyingi davr uniki ekanligini barchaga isbotlab qo‘ya oladi”, deydi “Special One”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya uchun finalga yetib bora olmaslikning o‘zi mag‘lubiyat. Ularning ayni damda nozik tomoni yo‘qdek ko‘rinyapti, shu sabab fransuzlar kubokni qo‘lga kiritishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 turniri 11 iyun kuni start oladi. Musobaqa 1 oy davom etadi. Chempionat pendemiya sabab ilk bor qit’aning 8 ta davlatida o‘tkazilyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: FAVORIT, Yevro-2020, Mourino | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя