Главная » 2018 » Апрель » 27 » Mourino Muhammad Saloh bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi
11:42

Mourino Muhammad Saloh bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi


«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoning ma’lum qilishicha, «Chelsi» rahbariyati yarim himoyachi Muhammad Salohni «Roma»ga qo‘yib yuborish haqidagi qarorni mustaqil ravishda qabul qilgan.

«Bu men haqimda gapirishayotgan yana bir yolg‘on narsa. Odamlar men Salohni qo‘yib yuborganim haqida gapirmoqda, biroq hammasi aksincha – men uni sotib olgandim. Men «Chelsi»ga Salohni sotib olish haqida gapirgan inson edim.

Muhammad «Chelsi»ga kelganida, u hali bola edi. U na jismonan, na ruhan tayyor emasdi. U ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek his etgan, unga juda qiyin bo‘lgan. Biz uni ijaraga berishga qaror qildik, u ham bu haqda so‘ragandi. Saloh tajriba orttirish uchun maydonda ko‘proq harakat qilishni xohlagandi. Biz uni «Fiorentina»ga yubordik, hamda u o‘sha yerda kuchli futbolchiga aylana boshladi.

Aynan «Chelsi» uni qo‘yib yuborishga qaror qildi. Kimdir men Salohni qo‘yib yuborganlardan biri bo‘lganim haqida gapirayotgan bo‘lsa, u yolg‘on so‘zlamoqda. Men uni xarid qildim va ijaraga berdim, sababi bu kerakli narsa edi. Men «Chelsi»da vingerlar yetarli, degan fikrda edim. Ulardan ba’zilari hamon o‘sha yerda o‘ynamoqda, masalan Villian va Azar. O‘shanda ular umuman boshqa darajada edi.

Salohni ijaraga berish haqidagi qaror jamoaviy bo‘lgan. Biroq, uni qo‘yib yuborish va olingan pullarni boshqa futbolchini xarid qilish uchun sarflash haqidagi qaror meniki emasdi. Hattoki o‘sha qaror mendan chiqqanda ham, biz futbolda doimiy ravishda xatoga yo‘l qo‘yamiz. Juda ko‘p paytlarda o‘yinchilar hech kim kutmagan darajada rivojlanib ketadi. Boshqa futbolchilar esa, aksincha, kutilayotgan darajaga chiqa olmaydi. Shuning uchun men bu xato bo‘lgan, degan fikrda emasman, bu ishimizning bir qismi, xolos.

Men haqiqatdan ham Salohni tarkibga qo‘shib olgandim, lekin uni qo‘yib yubormagan edim, lekin bu hech qanday ahamiyatga ega emas. Muhimi, u fantastik o‘yinchi. Men hozirda u bilan ro‘y berayotgan barcha narsadan juda xursandman, ayniqsa, u gollarni qanday urayotgani odamni quvontiradi. U bizga ikkita o‘yinda ura olmagan gollarni urmoqda», - deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi ESPN.com.br.


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bayonot berdi, bo‘yicha, kutilmagan, Muhammad Saloh, Mourino | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя