Главная » 2021 » Октябрь » 10 » Moskvada o‘tkazilgan eng go‘zal migrant ko‘rik tanlovida o‘zbekistonlik qiz g‘alaba qozondi
18:46

Moskvada o‘tkazilgan eng go‘zal migrant ko‘rik tanlovida o‘zbekistonlik qiz g‘alaba qozondi


Rossiya poytaxti Moskva shahrida muhojir qizlar o‘rtasida go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. G‘alabani o‘zbekistonlik Rushana Karimova qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, g‘olib finalda lazgi raqsini ijro etib, hakamlar hay’ati lol qoldirgan. Sovrin sifatida u Moskva moliya va huquq universitetida (MFYUA) o‘qish uchun sertifikat olgan.

Ma’lum qilinishicha, Rushana Karimova biznes bilan shug‘ullanadi, bo‘sh vaqtini vizajistikaga sarflaydi. Bundan tashqari, u ingliz tilini o‘rganmoqda, shuning uchun u tadbir so‘nggida nutqining bir qismini chet tilida talaffuz qila olgan.

Tadbir Rossiyadagi muhojirlar federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Unda 13 davlatdan kelgan 50 nafar qiz qatnashgan. Biroq finalgacha Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiyadan kelgan 10 nafar qiz yetib borgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: g‘alaba, Moskvada, ko‘rik tanlovi, Migrant, o‘zbekistonlik, go‘zal | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя