Главная » 2020 » Ноябрь » 29 » Model erkaklar sadoqatini sinashga qaror qilib, hayratga tushdi
13:49

Model erkaklar sadoqatini sinashga qaror qilib, hayratga tushdi


Los-Anjeleslik fotomodel Peydj Vulen ayollarga erkaklar sadoqatini sinab ko‘rishga yordam berishga qaror qildi va ayrim erkaklarning munosabatidan  shok holatiga tushdi.

Model o‘tkazgan tajriba natijalari "Daily Mail" nashrida e’lon qilindi, deb yozmoqda "sputniknews-uz.com".

Ta’kidlanishicha, Peydj o‘zining Instagramdagi kuzatuvchilari iltimosiga ko‘ra, ularning yigitlariga xabar yozgan. Ayrim yigitlar shu paytning o‘zidayoq o‘z sevgililaridan voz kechib, yozishmada modelga "qalb sohibalari yo‘q"ligini aytib, yolg‘on so‘zlashga kirishgan.

Shu bilan birga, ularning instagram-akkauntlarida ikkinchi yarimlari bilan birga tushgan suratlar bo‘lgan. Yigitlar bilan yozishmalarning ayrimlarini model ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

— Salom!

— Oho, salom!
— Juda istarali ekansan!
— Menmi? Sen haqiqiy supermodelga o‘xshaysan!
— Ha-ha, sevgan qizing bormi?

— Yo‘q. Sen hozir Los-Andjelesdamisan? Men bu yerda doimiy ishlayman, kel, uchrashamiz.

Sohibjamolning ushbu tajribasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ikkita guruhga bo‘lib yubordi: bir guruh uni profokator, deb atasa, ikkinchisi haqiqiy qahramon, deya olqishladi.

Fotomodelning ta’kidlashicha, sevgilisi bo‘lgan erkaklarning kattagina qismi uning makriga uchmagan. Yigitlar orasida Peydjga juda keskin javob qaytargan yoki sevgilisi borligini aytganlari ham bo‘lgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: sinashga, sadoqatini, Model, erkaklar, hayratga tushdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя