Главная » 2018 » Май » 14 » Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
10:27

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?


Joriy yilning 1 may kuniga ko‘ra «Speedtest Global Index» xizmati mustaqil mutaxassis sifatida dunyo davlatlarida mobil internet tezligini o‘rganib, o‘z reytingini e’lon qildi. Mazkur tajriba bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi.

Hisobotga ko‘ra, kuchli uchlik egalari Islandiya, Norvegiya va Qatar davlatlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mobil internet tezligi 8,9Mbit/c ni tashkil etib, O‘zbekiston jahon reytingida 115-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan keyin uchinchi o‘rinda, ammo Turkmaniston ro‘yxatga kiritilmagan. SSSR hududida tashkil topgan davlatlar o‘rtasida Litva eng yuqori pog‘onada (18-o‘rin), keyingi o‘rinlarda mos ravishda Estoniya (33-o‘rin), Moldova (39-o‘rin), Latviya (41-o‘rin) va Gruziya (50-o‘rin) qayd etilgan.

Iqtisodiy ko‘rsatkichi yuqori davlatlardan Xitoy 38-o‘rin, AQSh 44-o‘rin va Yaponiya 52-o‘rinni egallab turibdi. Reytingni 126-o‘rindagi Iroq yakunlagan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: bo‘yicha, Tezlik, O‘zbekiston, nechanchi o‘rinda, mobil internet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя