Главная » 2018 » Январь » 26 » Mobil aloqa abonentlari soni 23 millionga yaqinlashdi
20:35

Mobil aloqa abonentlari soni 23 millionga yaqinlashdi


2017-yilda mobil aloqa abonentlari soni 1,4 millionga oshib, 22,8 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi saytidagi statistik ma’lumotlari guvohlik bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Respublika bo‘yicha bazaviy stansiyalar 2018-yil yanvarida 22,2 ming donani tashkil etib, 2017-yilning xuddi shu oyiga nisbatan qariyb 4000 taga ko‘paygan.

Internet foydalanuvchilari soni 2017-yilda qariyb uchdan bir qismga ko‘payib, 20 millionlik ko‘rsatkichga yetdi.

Internetga ulanish tezligi 2017-yil boshiga nisbatan keskin oshib, 65,7 ming Mbit/sekunddan 104 ming Mbit/sekundga yetdi.

Provayderlar uchun tashqi internet kanaliga ulanish narxlari qariyb 2,5 barobarga pasaytirilib, o‘tgan yil boshidagi 76,6 dollardan 30,2 dollarga tushirildi.

2017-yilda optik tolali aloqa liniyalari 2000 kilometrdan ziyodroqqa uzaytirildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mobile Aloqa Kompaniyalari haqida | | Теги: Mobil aloqa abonentlari | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя