Главная » 2021 » Октябрь » 16 » Mirziyoyev raqobatchisining migrantlarni soliqqa tortish taklifiga munosabat bildirdi
11:37

Mirziyoyev raqobatchisining migrantlarni soliqqa tortish taklifiga munosabat bildirdi


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev “Milliy tiklani” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni soliqqa tortish taklifiga munosabat bildirdi.

“Viloyatdan chet elga ketib, mehnat qilayotgan fuqarolarimiz imkon qidirib ketishgan. Imkon qidirgan odam fidoyi odam bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda chetda yuradiganlarni daromad solig‘ini tortish haqida gap chiqdi. Bu mutlaqo asossiz gaplar. Men, Xudo nasib qilib, rahbar bo‘lib ishlasam, bunday bo‘lmaydi. Ular o‘ziga va oilasiga imkon yaratyapti, o‘zini ish bilan ta’minlayapti, oilasini boqyapti. Ularni men o‘z farzandlarim deb bilaman. O‘tgan vaqtda biz ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun choralar ko‘ryapmiz”, deydi nomzod Mirziyoyev.

Uning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida departament ochildi. Ularning hayoti va sharoitini yaxshilash, kasbga o‘rgatish uchun harakatlar qilinyapti.

“Aholimizga murojaat qilib aytmoqchiman: ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, O‘zbekistonda sizga imkon yaratish uchun harakat qilamiz, (xorijda) to‘layotgan coliqlaringizni kamaytirishga harakat qilamiz. Migratsiya masalasi bo‘yicha Rossiya hukumatiga ko‘p murojaat qilyapmiz.

Davlat, millat, prezident ularga otalik qilishi vazifamizdir. Ularning og‘irini yengil qilishga harakat qilamiz. O‘ylaymanki, bu adolat namunasi bo‘ladi”, deydi amaldagi Prezident.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mirziyoyev, soliqqa tortish, migrantlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя