Главная » 2022 » Июль » 27 » Meyvezer va Makgregor revansh jangi o‘tkazishga yaqin.
15:31

Meyvezer va Makgregor revansh jangi o‘tkazishga yaqin.


  Afsonaviy amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va sobiq UFC chempioni Konor Makgregor revansh jangi o‘tkazishga yaqin turibdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

 Manbaga ko‘ra, bu jang ko‘rgazmali shou bo‘lmaydi. Yaʼni, muxlislar to‘laqonli professional boks guvohiga aylanishi mumkin.

  Qayd etilishicha, Floyd oxirgi marta ringga chiqadi. Shuning uchun, bu jangni o‘tkazib yubormaslik kerak. Bitim yakunlanish arafasida turibdi. Ikkala tomon ham shaxsiy shartlarni kelishib olgan. 
Taʼkidlash kerak, Meyvezer bu jangni o‘z davrining yakunlanishi va Jervonta Devis erasining boshlanishi deb biladi.

  Maʼlumot uchun, 2017 yilda Meyvezer va Makgregor o‘rtasida boks qoidalariga ko‘ra birinchi jang o‘tkazilgan. Unda Floyd Konarni o‘ninchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Hozircha, ular o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuv aynan qaysi sanada o‘tkazilishi maʼlum emas.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: makgregor, o‘tkazishga, VA, Revansh, yaqin, jangi, Meyvezer | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя