Главная » 2022 » Июль » 30 » Mask ham Twitter'ni sudga berdi
14:21

Mask ham Twitter'ni sudga berdi


Аmerikalik milliarder, SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask oʼzini sudga bergan Twitter ijtimoiy tarmogʼiga qarshi daʼvo bilan chiqdi. Bu haqda CNBC xabar bergan.

Qayd etilishicha, Mask nomaʼlum sababga koʼra suddan qarshi daʼvo tafsilotlarini sir saqlashni soʼragan. Twitter iyulь oyining boshida Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslik qarori tufayli sudga bergandi.

Maskning Twitter bilan kelishuvi

Joriy yilning 25 aprel kuni Mask va Twitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni milliarderga 44 milliard dollarga sotish boʼyicha kelishuvga erishdi. Biroq may oyi oʼrtalarida biznesmen Twitter foydalanuvchilari orasida soxta akkauntlar mavjudligi haqidagi vaziyatga oydinlik kiritmagunicha, kelishuvda boshqa harakat boʼlmasligini aytdi. 

8 iyul kuni Mask Twitter'ni shartnoma shartlarini buzganligi sababli sotib olish boʼyicha kelishuvdan chiqayotgani haqida xabardor qildi. Keyin Twitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni sotib olish boʼyicha kelishuvni yakunlash uchun milliarderni sudga berdi.

Delaver kantseriya sudi Twitter'ning Maskga qarshi daʼvosi boʼyicha sud jarayoni boshlanishini 17 oktyabrga belgiladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Twitter'ni, HAM, berdi, mask, sudga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя