Главная » 2017 » Апрель » 8 » ​Mashhurlarning noqulay vaziyatga tushishi...
12:56

​Mashhurlarning noqulay vaziyatga tushishi...


Ba`zan shunday vaziyatlar bo`ladiki, uyatdan ikki yuzimiz qizarib, yashiringani joy topolmay qolamiz. Beixtiyor «Bundan ko`ra er yorilsa-yu, erga kirib ketganim yaxshiydi», deymiz xijolatdan. Sizda ham shunday holatlar bo`lganmi? O`ylab olguningizcha qahramonlarimizning boshdan kechirgan voqealariga quloq tutamiz.

«Ustozimning oldida noqulay bo`ldi»

Mirolim QILIChEV, aktyor:

– Bir kuni ustozimni bozorda savdo qiladigan qarindoshimning yoniga olib borib tanishtirdim. «Bu kishi menga ustoz bo`ladi», deya. Balki qarindoshimning kayfiyati yo`qmi yoki ishi bilan bog`liq biror muammo bo`lganmi, xullas menga qarata «Xo`sh, nima qilay?» degan. Ustozim oldida uyatdan bo`larim bo`lgandi. Uzr so`rab, «Yo`l-yo`lakay kirib o`tgandik», deganman.

«To`yga borib...»

Aziz RAJABIY, xonanda:

– Ijodimni endi boshlagan kezlar, birrovga xizmatga chaqirishdi. Navbatim kelib kuylayotganimda bir mashhur hofizning ma`muri yonimga kelib, qulog`imga asta shivirladi: «Qo`shiqni tezroq tugating, bizga gal berishmoqchi». Shu payt ikkinchi taronani boshlayotgandim. Xayolim buzilib, fonogramma ketayotganini ham bilmabman. Birinchi kupletning ikkinchi qatori boshlanganida o`zimga keldim. Bundoq qarasam, hamma menga qarab turibdi. Ma`murimga qarab, «musiqani o`chir» dedim-u, to`yxonadan erga qarab chiqib ketdim. Juda noqulay ahvolga tushgandim.


«Qimmatbaho idishni sindirdim...»

Madina MUMTOZ, xonanda:

– Yangi kelinligimda qaynonamning yaxshi ko`rgan idishini sindirib qo`yganman. Ko`rib qolmaslaridan tezgina yig`ishtirib ola qolay deganim-da, qaynonam kirib kelgan. «Oyijon, yaxshi ko`rgan idishingizni sindirib qo`ydim, atay qilmadim», deganman yig`lamsirab. Oyijonim bo`lsa, «Xafa bo`lmang, yaxshilikka bo`lsin, joningiz sog` bo`lsa bo`ldi, qizim», degan. Shu voqeani eslasam, o`sha paytda rosa uyatga qolganim ko`z oldiga keladi.

«O`zimniki o`zimga qaytdi...»

Farhod ABDULLAEV, bastakor:

– Mendan yordam so`rab kelgan odamni qaytarganman «qo`limdan kelmaydi», deb. Aslida esa uddalaydigan ishim edi. Yolg`on so`zlaganimdan xijolat bo`lib, ancha vaqt o`zimni kechirolmay yurdim. Oradan vaqt o`tib esa o`zim ham xuddi shunday vaziyatga tushdim. Umid qilgan odamlarim ko`mak berishmadi. Bir vaqtlar o`zim qanday qilib, o`sha odamni qaytargan bo`lsam, menga ham shunday muomala qilishdi. Bildimki, har bir narsaning javobi bo`larkan.

«Qaerdaligim esimdan chiqqan»

Aziza NIZOMOVA, xonanda:

– Ijodiy safar payti qattiq charchaganimdanmi, qaysi viloyatda ekanligimiz yodimdan ko`tarilgan. Samarqand shahridagi tadbirda sahnaga chiqqanma-nda, «Buxoro yoshlari salom!», deganman. Keyin adashib ketganimni bilganimda rosa uyalgandim.

«Bolaligimga borganman...»

Nigina ANORBOEVA, aktrisa:

– Kichikligimda siren gulini uzaman deb, qilgan ishim bir umrlik saboq bo`lgan. Ko`p qavatli uylardan birining atrofida gullab turgan siren daraxtiga ko`zim tushgan-u, shartta bir bandini uzib oldim. Shu payt pod`ezddan onam va siren daraxtining egasi chiqib kelishdi. Onamni ko`rib, «Siz yaxshi ko`rasiz deb uzgandim, olib bormoqchi edim», dedim. Ikkisi ham menga qarab kulishgan bo`lishsa-da, onam «So`ramay olmaydi», deya koyigandi.

«Kutilmagan voqea bo`lgan...»

Anvar SOBIROV, xonanda:

– Teatrda ustozlar bilan uchrashuv bo`ldi. Menga navbat kelganida boshlovchi «Qo`shiqni tugatgach, ustoz san`atkorni tanishtiring», dedi. Kuylayotganda o`zim bilan bo`lib, ustozning ismi xayolimdan ko`tarilsa deng. Muxlislarga ustoz san`atkorni ta`rifini keltirayapman-u, ismlarini aytolmayman-da. Naq 10 daqiqa uyatdan shunday qiynaldim. Oxiri parda ortidan turgan kishilardan biri ahvolimni fahmladi chog`i, yordam berib yubordi.

 

«Telefonim sharmanda qilgan»

Sarvar AZIMOV, xonanda:

– Sensorli telefonlar endi chiqqan payti edi. Bir tanishim qo`ng`iroq qilib qoldi. Rosti unga unchalik ro`yxushligim yo`q edi. Suhbatlashib, telefonni o`chirdim. Biroq sensor tizimining qo`l harakati sezuvchanligini bilmasdim. Yonimdagi do`stlarimga qo`ng`iroqlashgan tanishimni obdon yomonlab, kamchiliklarini aytaveribman. «Aqlli» telefonim esa tanishimga sim qoqib, barchasini etkazib turgan ekan. Keyin u menga qayta «Hammasini eshitdim» deya qo`ng`iroq qildi. Bo`larim bo`lgan-u, ammo sir boy bermaslik uchun «Atay qildim, eshitgin, aqlingni yiqqin deb», deganman.

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: tushish, noqulay vaziyat, ​Mashhurlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя