Главная » 2022 » Сентябрь » 22 » “Manchester Yunayted” sobiq ikki murabbiyi uchun qancha sarflandi?
19:56

“Manchester Yunayted” sobiq ikki murabbiyi uchun qancha sarflandi?


“Qizil iblislar” Sulsher hamda Rangnikka qancha tovon puli begani ma’lum.

“Manchester Yunayted” Ole-Gunnar Sulsher va Ralf Rangnikga 24,7 million funt tovon to‘ladi.

Sulsher o‘tgan yilning noyabrida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan edi. Bundan to‘rt oy oldin norvegiyalik sobiq futbolchi klub bilan yangi 3 yillik shartnoma imzolagan, shu munosabat bilan “Manchester Yunayted” unga katta jarima to‘lashi kerak edi.

Rangnik Sulsher iste’foga chiqarilganidan so‘ng mavsum oxirigacha MYuni boshqardi. Mavsum oxirida u ikki yil davomida “Yunayted” maslahatchisi bo‘lishi kerak edi. Biroq, keyin Rangnik Avstriya terma jamoasida ishlash taklifini qabul qildi, shu sababli MYu rahbariyati uning maslahatchi sifatidagi xizmatlaridan voz kechdi.

Umuman olganda, Solsher va Rangnik 24,7 million funt sterling tovon puli oldi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: sarflandi?, ikki, qancha, Manchester, Uchun, Yunayted, sobiq, murabbiyi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя