Главная » 2022 » Сентябрь » 27 » “Manchester Yunayted” Ronalduga o‘rinbosar topdi
18:51

“Manchester Yunayted” Ronalduga o‘rinbosar topdi


Bu safargi nomzod ham Eredivize vakili.

“Manchester Yunayted” PSV vingeri Kodi Gakpoga qiziqishda davom etmoqda.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi hamon “Manchester Yunayted”ning transfer maqsadlari ro‘yxatida. Ular Gakpo bilan 2023-yilda imzolamoqchi.

O‘tgan yozda “Manchester Yunayted” Gakponi qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan edi, biroq kelishuv amalga oshmay qoldi. Qayd etilishicha, ingliz klubi Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarida kelishib olgan, biroq PSV rasmiy transfer taklifi bilan chiqmagan.

Transfer oynasi yopilgan kuni Gakpoga “Lids” va “Sautgempton”dan takliflar tushdi, biroq “Manchester Yunayted” yaqin orada uni yana sotib olishga urinib ko‘rishini o‘ylab, PSVda qolishga qaror qildi.

Kelasi yili Krishtianu Ronaldu “MYu”ni tark etsa, Gakponing transferi ehtimoli yanada ortadi. “Manchester Yunayted” PSV Kodi uchun muzokaralarda “Ayaks” Entoni bo‘yicha muzokaralar chog‘ida qilganidek, bunday to‘siqlarni yaratmasligiga ishonmoqda.

Avvalroq PSV bosh direktori Marsel Brands futbolchiga ham, klubga ham mos keladigan taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishga tayyorligini aytgandi.

Chap qanot himoyachisi joriy mavsumda PSV safida barcha turnirlar doirasida 13 o‘yinda 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: o‘rinbosar, Ronalduga, Yunayted, topdi, Manchester | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя