Главная » 2021 » Январь » 19 » Manba: “Yuventus” Eldor Shomurodov transferi borasida “Jenoa”ga taklif yubordi
11:50

Manba: “Yuventus” Eldor Shomurodov transferi borasida “Jenoa”ga taklif yubordi


“Yuventus” futbol klubi “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovni taklif qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi jamoaga ko‘rsatkich hamda salohiyati Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Alvaro Moratanikidan farq qiladigan to‘rtinchi hujumchini olib kelmoqchi.

“Yuventus” o‘zbekistonlik futbolchi borasida “Jenoa”ga taklif bilan chiqdi, deya xabar qilmoqda  Calciomercato.

Avvalroq Turinning Tuttosport nashri “Yuventus” Shomurodovga Morataning o‘rinbosari sifatida qarayotgani xabar qilingandi.

O‘zbekistonlik forvard “Jenoa” safida hozirga qadar 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: taklif, Eldor Shomurodov, transferi, Yuventus, Jenoa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя