Главная » 2022 » Июль » 30 » Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi maʼlum boʼldi.
10:21

Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi maʼlum boʼldi.


Oʼzbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi joriy yilning oktyabrь oyida Аbu-Dabida boʼlib oʼtadi. 

Sportchining oʼzi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilishicha, Murodov 22 oktyabr kuni oʼtkaziladigan UFC 280 musobaqasida Braziliyalik Kayo Borralьo bilan kuch sinashadi.

Eslatib oʼtamiz, Mahmud Murodov 3 sentyabr kuni Parijda oʼtadigan UFC kechasida oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq hujjatlar bilan bogʼliq muammo tufayli uning jangi bekor qilindi. Parijda sportchi rossiyalik Аbusufyon Magomedovga qarshi jang qilishi kerak edi.

Maʼlumot uchun, UFC 280 musobaqasining markaziy uchrashuvida rossiyalik Islom Maxachev va braziliyalik Charlьz Oliveyra oʼrtasida boʼladi. Bu jang gʼolibi yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi.

Shuningdek, UFC 280 da yengil vazndagi rossiyalik jangchi Zubayra Tuxugov ham oktagonga chiqadi. U braziliyalik Lukas Аlmeyda bilan kuch sinashadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: VA, jangi, navbatdagi, maʼlum, sanasi, raqibi, Mahmud, Murodovning, boʼldi. | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя