13:16 Koronavirus mutlaq yo‘q bo‘lib ketmaydi, biroq “o‘zimizniki” bo‘lib qoladi – Nurmat Otabekov | |
Koronavirus yer yuzidan butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, lekin vaksina topilguncha kasallik yengib bo‘linadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zA bilan suhbatda aytib o'tdi. “Xalqimizda “karantin tugagach nima qilamiz, hayot tarzimiz avvalgidek xotirjam davom etadimi”, singari savollar tug‘ilyapti. Kasallik sizningcha, yer yuzidan umuman yo‘q bo‘lib ketadimi? Vaksina topilguniga qadar, xususan kelgusi bir-ikki yillikda bizni nimalar kutyapti, karantin tugagach yurtimizda epidemiologik vaziyat qanday bo‘ladi?”, deya savol bergan jurnalist.
Avvalroq, rossiyalik virusologlar ham koronavirus "abadiyga" kelganini va inson organizmida unga qarshi ma’lum immunitet xosil bo‘lishini aytgandi. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 1836 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 621 nafari sog'aygan va 8 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|