Главная » 2022 » Сентябрь » 7 » Koreyaga “Xinnamnor” to‘foni yopirildi. Qurbonlar bor
18:15

Koreyaga “Xinnamnor” to‘foni yopirildi. Qurbonlar bor


Koreya Respublikasi qirg‘oqlariga so‘nggi yillardagi eng yirik “Xinnamnor” to‘foni yopirildi. Oqibatda hozirgacha 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat sharqidagi Pxoxan shahridagi suv bosgan avtoturargohda yetti kishi halok bo‘lgan, qutqaruvchilar ikki kishini qutqarishga erishgan. Umumiy hisobda esa mamlakatda to‘fon qurbonlari soni 10 taga yetgan.

“Favqulodda xizmatlar qidiruv va suv bosgan avtoturargohni tozalash ishlarini davom ettirmoqda, biroq yangi omon qolganlarni topish dargumon”, deb yozadi agentlik.

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol eng ko‘p to‘fon taʼsir qilgan Pxoxan shahrini maxsus ofat hududi deb eʼlon qilish niyatidaligini aytgan. Shuningdek, u Pxoxanga tashrif buyurishini rejalashtirmoqda.

Koreya meteorologiya xizmatining maʼlum qilishicha, to‘fon 6 sentabr kuni Koreya yarim orolining janubiy qismiga yetib borgan va bir necha soatdan keyin Yaponiya dengizi tomon yo‘l olgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yopirildi, bor, Qurbonlar, to‘foni, Koreyaga, Xinnamnor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя