Главная » 2022 » Август » 1 » Konstitutsiyaga taklif qabul qilish toʼxtatildi
11:21

Konstitutsiyaga taklif qabul qilish toʼxtatildi


«Konstitutsiyaga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish 1 avgust soat 00:00 dan toʼxtatildi.

Qonunchilik palatasining masʼul qoʼmitalari kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi.

Bugun soat Qonunchilik palatasida Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʼmitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlari qoʼmitalari tomonidan OАV vakillari uchun brifing oʼtkaziladi.

Unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari toʼgʼrisida axborot berilishi rejalashtirilmoqda.

Qonun loyihasida taklif etilayotgan oʼzgartish va qoʼshimchalar Oʼzbekiston konstitutsiyasi oltmishdan ortiq moddasini qamrab oladi. Unda inson qadrini ulugʼlash, aholi farovonligini taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish kabi koʼplab normalar belgilanmoqda. 

Davlat qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini, tadbirkorlik rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, halol raqobat himoya qilinishini, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yoʼl qoʼyilmasligini kafolatlash, tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqligi belgilab qoʼyilmoqda.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida davlat hokimiyati asoslarini yanada takomillashtirishga, parlament vakolatlarini kuchaytirishga, fuqarolar qonunchilik jarayonidagi faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan normalar aks etmoqda.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toʼxtatildi, Konstitutsiyaga, taklif, qabul, qilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя