Главная » 2020 » Декабрь » 16 » Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining natijalari qachon e’lon qilinishi aytildi
21:33

Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining natijalari qachon e’lon qilinishi aytildi


Ertaga, 17 dekabr kuni2020/2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar ishtirokida o‘tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari e’lon qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, abituriyentlar saralash imtihonlari natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalarida bilishlari mumkin.

Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz orqali ham test sinovlari natijalari bilan tanishish mumkin bo‘ladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kollej, e’lon, texnikumlarga, kirish imtihonlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя