Главная » 2022 » Сентябрь » 9 » Kirolicha Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdie
15:10

Kirolicha Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdie


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bugun, 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar tarqatdi.

Qirolicha bugungacha Shotlandiyadagi Balmoral qasrida bo‘lib turgandi. Bugun uning ahvoli og‘irlashgani va shifokorlar nazoratiga olingani xabar qilindi.

Hozirda qirolichaning yaqin qarindoshlari Balmoral qasriga to‘plana boshlagan. Hatto qirollik oilasini tark etgan shahzoda Garri ham rafiqasi Megan Markl bilan Shotlandiyaga yo‘l olgan.

Qirolichaning 4 nafar farzandi, 8 nafar nabirasi va 12 nafar evarasi bor.

Yelizaveta II 1926 yil 21 aprel kuni tug‘ilgan. U 1953 yilda taxtga o‘tirgan va hozir tojni eng ko‘p vaqt o‘zida saqlab turgan monarx hisoblanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Kirolicha, II, yoshida, Yelizaveta, etdi, 96, vafot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя