Главная » 2021 » Январь » 23 » “Kimlar bilan jang qilib yurganingni gapirmay, ringda gaplashamiz!”. Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov Instagram’da o‘zaro gap talashdi
10:29

“Kimlar bilan jang qilib yurganingni gapirmay, ringda gaplashamiz!”. Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov Instagram’da o‘zaro gap talashdi


Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik sportchilar Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) va Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) ijtimoiy tarmoqda o‘zaro tortishib ketdi.

Ergashev Instagram sahifasiga mashg‘ulot vaqtidagi videolaridan birini joyladi. Shahram post ostida olqishlovchi emojilar bilan sharh qoldirdi.

Shohjahonning mana bu gaplaridan keyin esa tortishuv boshlandi: “Rahmat, yaxshi tayyorlan. Qachondir baribir jang qilamiz, revansh olarsan. U vaqtda senga oson bo‘lmaydi, qattiq tayyorlan”.

G‘iyosov ham shunga yarasha javob qaytardi: “Menga qarshi jang qilish uchun, senga hali ancha bor... Senga bunda 60 kilogrammlik temirlar yordam berolmaydi, yaxshiroq shug‘ullan”.

Shundan keyin sportchilar bir birini saviyasiz raqiblar bilan jang qilib yurganligini qayd etdi.

“Kimlarni urib yurganingni ko‘rdik. Sal pastroq tush. Kel, vaqtga qo‘yib beraylik, ring ko‘rsatsin. Inshaalloh, hisob 2:0 bo‘ladi”, — deya avvalroq Shahramni yenganiga shama qildi Ergashev.

Bunga javoban G‘iyosov bu masala ringda hal bo‘lishini aytdi: “Men endi gapirmay kimlar bilan jang qilib yurganingni. Uyat kerak, katta gapirishga. Ringda gaplashamiz!”.

Ma’lumot uchun, har ikki bokschi super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ishtirok etadi. Mazkur divizionning WBA yo‘nalishi reytingida G‘iyosov 6-o‘rinni egallab turibdi, Ergashev esa 8-o‘rindan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Ergashev 2019-yilda havaskor boksda G‘iyosovni mag‘lub etgani haqida aytgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Shohjahon Ergashev, Shahram G‘iyosov, Instagram’da, gap talashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя