Главная » 2021 » Октябрь » 8 » "Kastingdan o‘tgan edim": Luiza Rasulova nega "Muhtasham yuz yil" serialida suratga tushmagan?
18:50

"Kastingdan o‘tgan edim": Luiza Rasulova nega "Muhtasham yuz yil" serialida suratga tushmagan?


Aktrisa Luiza Rasulova xorijiy ijodkorlar tomonidan o‘tkazilgan kastinglarda ham ishtirok etgani, “Muhtasham yuz yil” serialidagi malika Izabella roliga tasdiqlangani haqida gapirdi. Ijodkor rolni qahramon bilan bog‘liq ochiq sahnalar tufayli rad etgan, deb yozadi "xabardor.uz".

“Ukrainada urush boshlanishidan avval “Muhtasham yuz yil” seriali uchun kasting o‘tkazildi. Shu serialdagi malika Izabella roli uchun kastingga borganman. Keyin esa serialda juda ochiq sahnalar bo‘lishidan xabar topganman. Bu narsa menga to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylaganman. Ularga sochlari qora, ko‘zlari katta, tashqi ko‘rinishi osiyoliklarga xos aktrisa kerak bo‘lgan. Mana shu roldan kastingdan o‘tganman. Lekin ularga rad javobini berganman. Ustiga-ustak o‘sha paytlarda yosh edim, hali pasport ham olmagandim. Serial chiqqanidan keyin kuchli serial bo‘lganini ko‘rib, afsuslanish bo‘lgan. Lekin, hammasi yaxshilikka”, dedi aktrisa.

Luiza Rasulova bunday kastingda ishtirok etishning o‘zi katta baxt bo‘lganini alohida ta’kidlagan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Luiza Rasulova, Muhtasham yuz yil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя