17:07 Kartoshkadan Rulet - go‘shtsiz ham betakror va mazali taomlar tayyorlash mumkin! | |
Zarur masalliqlar (4 kishilik): 700 gr. kartoshka, 75 gr. pishloq kirindisi, 2 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 1 tadan sabzi va qizil bulg‘or qalampiri, 4 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq tomat, maydalangan ko‘kat, o‘simlik yog‘i, 1-2 bog‘ kashnich, maydalangan qora murch, tuz. Tayyorlanishi: 1. Kartoshkalarni po‘stidan tozalab, qaynating. Qaynab chiqqach, past olovda yana 20 daqiqa qaynasin. Keyin suvini to‘kib tashlab, issiq holida ezing. 2. Ezilgan kartoshkaga 1 dona tuxum, tuz, qora murch, un solib, yaxshilab aralashtiring. Aralashmani namlangan toza salfetka ustiga yoying. 3. Piyoz, sabzi, qizil bulg‘or qalampiri va kashnich bandini somoncha shaklida to‘g‘rang. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. Tomat solib, 5-7 daqiqa qovurishda davom eting. So‘ng maydalangan ko‘katni qo‘shing. 4. Sabzavotli qovurmani yoyilgan kartoshkali aralashma ustidan solib, nam salfetka yordamida rulet shaklida o‘rang. Qolgan 1 dona tuxumni smetana bilan aralashtirib, rulet ustidan surting. Pishloq qirindisini ham sepib, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|