Главная » 2021 » Февраль » 6 » JSST koronavirus bo‘yicha yana bir yaxshi yangilik aytdi
11:17

JSST koronavirus bo‘yicha yana bir yaxshi yangilik aytdi


Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni kasallik yuqtirganlar sonidan oshib ketdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi. 

"Jahon miqyosida emlanganlar soni qayd etilgan infeksiyalar sonidan oshib ketdi", degan Gebreyesus. 

Uning ta’kidlashicha, bu yaxshi yangilik bo‘lsa-da, vaksina bilan emlashning to‘rtdan uch qismi 10 ta mamlakatda amalga oshirilgan. 

JSST rahbari 2,5 milliard odam yashaydigan 130 ga yaqin mamlakat hatto vaksinaning birinchi dozasini ham olmaganini ta’kidlagan. 

Avvalroq, ketma-ket uchinchi hafta davomida butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni kamaygani aytilgandi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirus, JSST, yangilik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя