Главная » 2022 » Август » 1 » Jonni Depp chizgan suratlar $3,6 millionga sotildi
15:37

Jonni Depp chizgan suratlar $3,6 millionga sotildi


 Jonni Depp o‘zining birinchi badiiy kolleksiyasini cheklangan nusxada sotuvga chiqardi va buning ortidan 3,65 million dollar daromadga ega bo‘ldi.

Uning debyut to‘plami 780 ta suratdan iborat bo‘lib, bir necha soat ichida sotilib ketdi. Asarlarda aktyorni ilhomlantirgan yulduzlar tasvirlangan. Bular: musiqachi Bob Dilan, aktyor Al Pachino, aktrisa Elizabet Teylor va “The Rolling Stones” gitarachisi Kit Richards. Jonni Depp ushbu kolleksiyaga “Do‘stlar va qahramonlar” deb nom bergan.

Аktyor savdolar boshlanishi haqida oʼzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bergan. Oldi-sotdi jarayonlari esa Britaniyaning “Castle Fine Art” onlayn galereyasi orqali amalga oshirilgan. Toʼplamdagi bitta suratning narxi 3,950 funt ($ 4800)ni tashkil etgan va toʼrtta asardan iborat toʼplamning narxi 14 950 funt ($ 18 000)ga baholangan.

Bir necha soat ichida barcha suratlar 3,65 million dollarga sotilgan.

Jonni Depning debyut kollektsiyasi savdolari bilan shugʼullangan “Castle Fine Art” onlayn galereyasi veb-saytida toʼplamga tavsif berar ekan, buni pop-art va strit-artning uygʼunlashuvi deya tariflagan. Shuningdek har bir suratda aktyorning dastxati mavjud boʼlishi qayd etilgan.

Maʼlumotlarga koʼra, Depp oʼzining instagram sahifasida toʼplam sotuvi boshlanganini eʼlon qilganidan soʼng, “Castle Fine Art” onlayn galereyasi sayti maʼlum muddat ishlamay qolgan. Bunga birdaniga koʼp sonli kuzatuvchilar saytga kirgani, katta trafik oqimi sabab boʼlgan va serverlar buni koʼtarolmagan. 

Maʼlumot oʼrnida, Jonni Depp sobiq rafiqasi Ember Xyord bilan ikki yil davom etgan sudlashuv natijasida bir qator shartnomalardan quruq qoldi, masalan, u Warner Bros. kinokompaniyasi bilan “Fantastic Beasts” filьmidagi beshta kartina uchun tuzilgan shartnomasini yoʼqotgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: millionga, Jonni, chizgan, $3, suratlar, Depp, sotildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz