Главная » 2022 » Сентябрь » 14 » Jizzaxdagi YTH oqibatida haydovchi vafot etdi
17:45

Jizzaxdagi YTH oqibatida haydovchi vafot etdi


Joriy yilning 10 sentabr kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida Nexia avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat  19:20 da Zomin tumani "Duoba" MFY hududidan o‘tgan "Dashtobod-Zomin-Supa-Baxmal" 4R-40 yo‘lining 63 km da yuz bergan. G‘allaorol tumani "Guliston" MFY Jovqash qishlog‘ida yashagan 1984 yilda tug‘ilgan shaxs Nexia rusumli avtoulovini Supa yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati Kogon shahri "Navbahor" MFYda istiqomat qiluvchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda, Nexia haydovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Zomin tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oqibatida, Jizzaxdagi, haydovchi, etdi, vafot, YTH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя