Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Jizzaxda keksa ayol 19 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi
14:41

Jizzaxda keksa ayol 19 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi


Jizzax viloyatida FVVning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari ehtiyotsizlik tufayli quduqqa tushib ketgan keksa ayolni qutqarib qolishdi.

2020-yilning 24-noyabr kuni ertalab soat 7:30 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani «Lalmikor» MFY hududida istiqomat qiluvchi 69 yoshli fuqaro uy qudug‘idan suv olib chiqmoqchi bo‘lib, ehtiyotsizlik oqibatida quduq ichiga tushib ketgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan katta leytenant Bohodir Norboboyev boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi qutqaruv guruhi yetib borgan.

Quduqning chuqurligi 19 metrni tashkil etadi. Qutqaruvchi Shodiyor Haydarov maxsus arqon yordamida quduqqa tushib, keksa ayolni xavfsiz olib chiqqan. U darhol kasalxonaga yuborilgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi jiddiy jarohatlar olmagan. Shifokorlar uning holatini ijobiy deb baholamoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: keksa, quduqqa, tushib ketdi, Jizzaxda, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя