Главная » 2022 » Сентябрь » 8 » Jizzaxda er xotinini temir bilan urib o‘ldirib qo‘ydi
19:19

Jizzaxda er xotinini temir bilan urib o‘ldirib qo‘ydi


Joriy yilning 2 sentabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida er o‘zaro janjal sabab turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2 sentabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Baxt mahallasida tungi soat 02:00 da er-xotin o‘rtasida oilaviy nizo kelib chiqqan. 1982 yilda tug‘ilgan er xotinining bosh qismiga armatura bo‘lagi bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo muolajalarga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida er o‘zaro janjal oqibatida xotinini o‘ldirib qo‘ygan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘ydi, er, urib, Jizzaxda, o‘ldirib, bilan, temir, xotinini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя