Главная » 2021 » Апрель » 2 » Jizzaxda er Telegram’dagi yozishmalari sabab xotinini bo‘ynidan pichoqlab o‘ldirdi
00:03

Jizzaxda er Telegram’dagi yozishmalari sabab xotinini bo‘ynidan pichoqlab o‘ldirdi


Jizzax viloyatida 35 yoshli er 28 yoshli xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Voqea 31-mart kuni soat tonggi 04:30 larda ular vaqtinchalik ijarada yashab kelayotgan xonadonda yuz bergan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisi Maqsud Rayimovning “Xabar.uz”ga ma’lum qilishicha, 35 yoshli er H.M. 1992-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.M.ning Telegram’dagi yozishmalarini o‘qib qolishi va o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal ushbu mudhish hodisaga sabab bo‘lgan.

Janjal oqibatida H.M. yashash xonadoni mehmonxonasida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan M.M. ning chap bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga “bo‘yin sohasida sanchilib, kesilgan tan jarohatidan ko‘p qon ketishi” sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan ayblanuvchi H.M. ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bundan avval Qashqadaryoda xotini bilan janjallashgan erkak uyini portlatib yuborgani, Farg‘onada er Turkiyaga ketmoqchi bo‘lgan xotinini rashk sabab o‘ldirib qo‘ygani, Urgutda xotinini mast holda bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak 11 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Jizzaxda, pichoqlab, xotinini, o‘ldirdi, er, yozishmalari, bo‘ynidan, Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя