Главная » 2022 » Август » 23 » Jizzaxda ayiq ikki kishini o‘ldirdimi? Ekoqo‘mita izoh berdi
11:28

Jizzaxda ayiq ikki kishini o‘ldirdimi? Ekoqo‘mita izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani hududida ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin bo‘lgani hamda jonivorning o‘zi ham ovchilar tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi holatga munosabat bildirib, tezkor o‘rganish o‘tkazilganini va xabarlar yolg‘on ekani aniqlanganini maʼlum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan ushbu holat aslida Rossiya Federatsiyasining Baykalorti o‘lkasida sodir bo‘lgan. 

“Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan”, deyiladi Ekoqo‘mita xabarida.

Idora fuqarolardan bu kabi noto‘g‘ri maʼlumotlarga ishonmaslikni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq  yolg‘on xabarlar tarqatish javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ekoqo‘mita, kishini, berdi, ikki, o‘ldirdimi, Ayiq, izoh, Jizzaxda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя