Главная » 2020 » Июнь » 10 » Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar
13:29

Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar


Poshnali tufli kiyib, sochini chiroyli turmaklagani bilan jang qilishda erkaklardan qolishmaydigan yulduzlar kim ekaniga to‘xtalamiz.
Elodi Yung

Elodi 9 yoshidan karate bilan shug‘ullanib, qora belbog‘ sohibi bo‘lishga ham ulgurgan. Ushbu sport turi uning karyerasida ham qo‘l kelgan. “Qo‘rquv bilmas inson” filmida Elektra roliga qabul qilinishga ham aynan undagi qobiliyat sababchi bo‘lgan.
Sammer Glau

Aktrisa bolaligida balerina bo‘lishni orzu qilgan. Lekin mashg‘ulot davomida orttirilgan jarohatdan keyin baletni tark etishiga to‘g‘ri kelgan. Sammer tushkunlikka tushib qolmasdan qiziqishidan kelib chiqib yakka kurashni tanlagan. Kung-fu, kikboksing va ushuni o‘rgangani kinodagi rollarida qo‘l kelgan..
Lyusi Lyu

Lyusi tanlagan sport turi boshqa aktrisalarnikidan farq qiladi. U arnis deb nomlangan Filippin jang san’atini uzoq vaqt davomida o‘rgangani sabab ham “Billni o‘ldirish”, “Charli farishtalari” va “Temir musht” filmlaridagi rollarini qoyilmaqom qilib ijro qilgan.
Priyanka Chopra

2000-yilda dunyo go‘zali deb topilgan Bollivud yulduzi nazokatli va latofatli ko‘ringani bilan o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydigan, kerak bo‘lsa jang qilib himoya qila oladiganlardan. Priyanka rollarini maromiga yetkazish uchun karate va jiu-jitsu sporti bilan shug‘ullangan.
Keyti Lots

Keyti aktrisa bo‘lguniga qadar parkur sport turi bilan shug‘ullangan va filmlarda kaskadyorlik qilgan. Biroz vaqt o‘tgach, boshqalar soyasida qolishni istamasligini tushunib yetgan Lots karyera qilishga kirishgan. O‘zining birinchi rolini qo‘lga kiritganidan keyin krav-maga va muay-tay bilan shug‘ullanishni boshlagan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: dublyorlar, suratga olishda, foydalanmaydigan, Jang sahnalar, aktrisalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя