Главная » 2017 » Август » 15 » Jamila G‘ofurova “Shakira” bo‘lgani, allambalo raqsi va ochiq kiyingani yuzasidan e’tirozlarga javob berdi
10:12

Jamila G‘ofurova “Shakira” bo‘lgani, allambalo raqsi va ochiq kiyingani yuzasidan e’tirozlarga javob berdi


Aktrisa Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida aktrisa chet ellik estrada yulduzi Shakiraga taqlid qilib o‘ynagan allambalo raqsiga izoh berdi.

Biz bu klipni ekranlarga chiqarmoqchi emas edik, bu unaqa klip emas. Bu to‘y liboslari salonining reklamasi edi. Chet ellik xonandalarga taqlid qilish, o‘xshatish loyihasi edi.

Kiyimlarimizga ham ko‘p e’tirozlar bildirildi, u kiyimning ochiq joylarida material bor edi. Hozirgi vaqtda bunaqa ko‘ylaklarni o‘zbek oilalarida hamma kiymoqda, bunaqa ko‘ylaklarni bitta biz kiyib chiqqanimiz yo‘q.

Men aktrisaman, menga Shakira bo‘lib bering deyishdi, men Shakirani hamma raqsini bilaman. Bu haliyam men o‘zimizning kanallarimizda berayotgan kliplarga mos holatda tushgan raqslarim bo‘ldi.

Bizlarga e’tiroz bildirganlar o‘zimizning telekanallarimizda xonandalarimizning kliplarini ko‘rishadi, ammo ularga indamaydi, chunki ularni doim ko‘rib kelgan. O‘sha xonandalarning klipida bundan battar raqslarni ham qilishadi, bundan battar kiyinishadi ham. Tomoshabinlar bizni bunday holatda ko‘rishmagani uchun shunday e’tirozlar bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Jamila G‘ofurova, aktrisa


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shakira, Jamila G‘ofurova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя