Главная » 2021 » Март » 8 » Ispan matbuoti Yevropani yangi xavfdan ogohlantirdi
17:02

Ispan matbuoti Yevropani yangi xavfdan ogohlantirdi


Pandemiya va majburiy izolyasiya Ispaniya va Yevropaning qator mamlakatlarida tug‘ilish ko‘rsatkichlari keskin pasayishiga olib keldi, yozmoqda «El Pais».

Gazeta ma’lumotlariga qaraganda, Ispaniyada tug‘ilish dekabr va yanvar oylarida bir yil oldingi xos davrga nisbatan 22,6 foizga pasaygan.

«Bizda hozircha 2021-yilning ikki oyi ma’lumotlari bor — bir yil uchun oldindan aniq bashorat qilishga bu yetarli emas, biroq tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayishi ancha jiddiy bo‘lishi hozirdanoq oydinlashdi», — Milliy tadqiqot kengashi instituti direktori Diyego Ramironing so‘zlarini keltirmoqda «El Pais».

Ta’kidlanishicha, xuddi shunday vaziyat Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham kuzatilmoqda. Italiyada dekabr oyida bir yil oldingiga nisbatan 21,6 foiz kam chaqaloq tug‘ildi. Fransiyada yanvar oyida tug‘ilish ko‘rsatkichlari 13 foizga pasaydi, yozmoqda gazeta.

Koronavirus infeksiyasi oqibatida o‘limlar soni oshgani hamda ish o‘rinlari soni keskin qisqarib ketganini maqola mualliflari odamlarni oila qurish masalasini kechiktirishga undagan asosiy omillar qatorida keltirishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xavfdan, ogohlantirdi, matbuoti, Yevropani, Ispan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя