Главная » 2017 » Апрель » 10 » IShID yana terakt uyushtirish niyatida
13:58

IShID yana terakt uyushtirish niyatida


IShID terrorchilik guruhi yana bosqinchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar tarqatdi.

9 aprel kuni Misrning ikki shahridagi cherkovda yirik terakt sodir etilgandi va bu jinoyatni IShID terrorchilari amalga oshirgani xabar qilingandi.

Xorij OAVning ma’lumotlariga qaraganda, Tanta va Aleksandriya shahrida uyushtirilgan teraktlar xudkush-terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan. Portlovchi vositalarga ega bo‘lgan nimcha kiyib, o‘zini portlatgan terrorchilarning ismi oshkor bo‘ldi. Ular – Abu al-Baraa al-Masriy va Abu Ishoq al-Masriy.

Bu voqeadan so‘ng, IShID jangarilari yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, Misrda yuz bergan terakt oqibatida 44 kishi qurbon bo‘ldi, 100dan ortiq kishi yaralandi.

​Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uyushtirish niyatida, terakt, IShID | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя