Главная » 2017 » Август » 22 » Interpol Red Bull asoschining nabirasini xalqaro qidiruvga berdi
18:13

Interpol Red Bull asoschining nabirasini xalqaro qidiruvga berdi


Interpol Tailandning eng boy tadbirkorlaridan biri, Red Bull energetik ichimliklari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi asoschining nabirasi Vorayut Yuvittxayyani qidiruvga berdi. U mamlakat hududida og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinmoqda, deya xabar beradi “TASS”.

The Bangkok Post nashriga ko‘ra, Yuvittxayyaga nisbatan Interpol bilan hamkorlik qiluvchi mamlakatlarga gumonlanuvchining manzilini aniqlash majburiyatini yuklovchi “ko‘k ogohlantirish” chiqarilgan. Biroq Tailand huquq-tartibot idoralari tashkilot gumonlanuvchini tutish va hibsga olishni ko‘zda tutuvchi “qizil ogohlantirish” qabul qilishiga erishish niyatida.

Bangkok sudi avtomobilni ehtiyotsizlik bilan boshqarish oqibatida politsiyachi o‘limiga sabab bo‘lganlikda gumon qilingan Yuvittxayyani qamoqqa olishga 28-aprelda order bergandi. Uning o‘zi bundan bir necha kun avval xususiy samolyotda Singapurga yo‘l oladi va noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Red Bull, Interpol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя