Главная » 2022 » Август » 3 » Ilon Maskning otasi o‘g‘lidan faxrlanmasligini aytdi
11:21

Ilon Maskning otasi o‘g‘lidan faxrlanmasligini aytdi


“Gazeta.ru”ning xabar berishicha, SpaceX va Tesla bosh direktorining otasi, 76 yoshli Errol Mask o‘g‘li bilan faxrlanmasligini tan oldi. Ota bu haqda YouTube’dagi “Kayla va Jeki O” ko‘rsatuvida aytib o‘tgan.
 

Errol Mask sayyoradagi eng boy odam bo‘lgan o‘g‘li bilan faxrlanadimi, degan mazmundagi savolga “Yo‘q” deya salbiy javob bergan.

Bilasizmi, oilamiz har doim turli ishlar bilan band bo‘lgan. Bu degani biz to‘satdan va hech qanday sababsiz muvaffaqiyatga erishib boyib ketmaganmiz, — deydi milliarderning otasi.
Errol Maskning so‘zlariga ko‘ra, uning to‘ng‘ich o‘g‘li Ilon “o‘zi xohlaganchalik baxtli emas”, “chunki o‘zini doim rejalaridan ortda qolgandek his qiladi”. “Ya’ni u hozir qayerda bo‘lsa, besh yil oldinroq o‘sha yerda bo‘lishni xohlagan. Ilonning taraqqiyot yo‘lidan hafsalasi pir bo‘ldi”, — deb tushuntiradi oila boshlig‘i.

 

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni aylanib chiqqan Errol Ilonning Mikonosdagi ta’tilida tushgan suratlarini ko‘rib, o‘g‘lining diyetaga o‘tish vaqti kelganini eslatib o‘tdi. Yana “Ilon juda kuchli tanaga ega, lekin u yaxshi ovqatlanmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Mavzuga doir: Ilon Mask uni sudga bergan Twitter kompaniyasiga qarshi da’vo kiritdi


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Maskning, ilon, o‘g‘lidan, faxrlanmasligini, otasi, aytdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя