Главная » 2021 » Октябрь » 8 » IIV ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ogohlantirdi
12:35

IIV ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ogohlantirdi


Ichki ishlar vazirligining qayd etishicha, oxirgi paytlarda Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ayrim shaxslar fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni (fotosurati, ismi, sharifi, telefoni, manzili va boshqalar) to‘plashga harakat qilish holatlari kuzatilgan.

Ularning bundan maqsadi keyinchalik ushbu ma’lumotlarni foydalanuvchilarning sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi «post»lar ko‘rinishida tarqatmaslik evaziga pul mablag‘larini undirish ekanligi ta’kidlanadi.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, bunday kanallarning bir nechtasi aniqlangan bo‘lib, ularning yurituvchilari xorijdan turib faoliyat olib bormoqda va hozircha ushbu kanallarni bloklashning iloji yo‘q.

Vazirlik fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda qo‘ymaslikni va begona guruhlarda tarqatmaslikni so‘radi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: IIV, ijtimoiy, ogohlantirdi, tarmoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя