Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » Homilador ayollarga tavsiya etilmaydigan 14 mahsulot
14:19

Homilador ayollarga tavsiya etilmaydigan 14 mahsulot


Homiladorlik davri ona va bolaning salomatligida muhim ahamiyat kasb etuvchi davrdir. Shu sabab bu paytda homilador ayol ovqat rasioniga alohida e’tibor berishi kerak. 

1.  Dorivor o‘tlar. Homiladorlik davrida har qanday o‘tli damlamalarni ichishdan voz keching. Zaruriyat tug‘ilgandagina shifokor bilan maslahatlashing.

2.  Qahva. Ko‘p miqdorda qahva qabul qilish nafaqat sizga, balki homilaga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yurak-qon tomirlariga ortiqcha og‘irlik tushadi. 

3.  Baliq. Tunes, akula, marlin kabi yog‘li baliqlarni umuman yemang demaymiz, ammo me’yorni unutmang! Bunday baliqlar tarkibidagi yog‘ ona va bola uchun zararli.

4.  Dengiz mahsulotlari. Ular asosan xom bo‘ladi, shu sababli ham homilador ayollarga xavf tug‘diradi. 

5.  Maxsus mog‘orli pishloqlar. Bu turdagi pishloq tarkibida listeriozni chaqiruvchi bakteriyalar mavjud. Bu bakteriya hattoki homila tushishiga ham olib kelishi mumkin.

6.  Sut. Qaynatilmagan sutni icha ko‘rmang!

7.  Chala pishgan go‘shtni aslo yemang. Tayyor qiymalarni sotib olishda ham uning yaroqlilik muddatiga ahamiyat bering.

8.  Jigar. Jigar va jigarli pashtetni yemaganingiz ma’qul. Jigar A vitaminiga juda boy, ammo bu vitaminning me’yordan oshig‘i homila uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

9.  Qo‘ziqorinlar. Bu mahsulotdan tayyorlangan yeguliklar hazm bo‘lishi qiyin taomlar ro‘yxatiga kiradi. Shuningdek, zaxarlanish ehtimoli ham kuchli.

10.  Ziravorlar. Ular ona organizmida safroni ko‘paytiradi. Bundan tashqari nafaqat tashqi, balki ichki a’zolar shishiga ham sabab bo‘ladi.

11.  Pechenelar. Do‘konlardagi ta’m beruvchi qo‘shimchalari ko‘p bo‘lgan pechenelar tarkibida, rivojlanayotgan homilaga zarar keltiruvchi akrilamid moddasi mavjud.  Shuning uchun o‘zingiz tayyorlagan pecheneni tanovvul qilganingiz ma’qul.

12.  Konserva mahsulotlari. Tarkibida oqsillar sinteziga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p miqdorda konservant va sirka bor.  Qolaversa, yaroqlilik muddati o‘tgan konservani bilmasdan iste’mol qilish, botulizm kasalligiga olib keladi. 

13.  Gazli suvlar. Bo‘yoqlar, ta’m kuchaytirgichlar, ko‘p miqdordagi shakar - jigar va buyrak faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib, rivojlanib kelayotgan homilaga kerakli ozuqalarni yetkazib bera olmaydi.

14.  Margarin. U hammaga birdek zararli, asosan homilador ayollarga.  Tarkibidagi  hayvon yog‘lari bola va ona yurak faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mahsulot, tavsiya etilmaydi, Homilador ayollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя