Главная » 2022 » Апрель » 6 » Hokimlarga yo‘llarda radar o‘rnatish huquqi berildi
15:38

Hokimlarga yo‘llarda radar o‘rnatish huquqi berildi


O‘zbekistonda tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar markazlarida chorrahalarni to‘liq raqamli boshqaruv tizimiga o‘tkazish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklanadi.

Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlarida yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlari va svetoforlarni o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizish, piyodalar o‘tish joylarini belgilash orqali yo‘l harakati vositalarini tartibga solishga ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda – yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari) mas’ul hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilgan holda, chorrahalarda raqamli boshqaruv tizimini quyidagi davrlarda joriy qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilaydi:

•    2023 yil yakuniga qadar poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida;

•    2024 yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida.

Qarorda belgilanishicha, tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi beriladi. Mazkur dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima summasining 30 foizi bevosita tuman (shahar) mahalliy byudjetiga yo‘naltiriladi hamda ushbu mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga sarflanadi.

Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan bog‘liq sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili asosida tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni 2023 yil yakuniga qadar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi manzilli dasturni tasdiqlaydi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hokim, huquqi, o‘rnatish, berildi, radar, yo‘llarda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя