Главная » 2020 » Июнь » 21 » Hindistonlikning Twitter’ga qo‘ygan surati barchani qo‘rqitib yubordi
12:43

Hindistonlikning Twitter’ga qo‘ygan surati barchani qo‘rqitib yubordi


Hindiston o‘rmon xizmati xodimi Syuzanta Nanda kimningdir “oyog‘i”ga o‘xshash g‘alati fotosuratni tvitlash orqali foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi. Bu haqda “India Today” nashri xabar bermoqda.

"Bu qanday hayvon ekanligini tasavvur qila olasizmi?", deb yozdi so‘radi Nanda.

Foydalanuvchilar turli xil variantlarni o‘rtaga tashlashdi: gorilla yoki ayiq panjasi. Ba’zilar suratni “Taxtlar o‘yini” seriyalidagi g‘ayriinsoniy irq vakillari – “oq piyodalar”ning oyoqlariga o‘xshatdi.

Ushbu surat e’lon qilinganidan bir muncha vaqt o‘tgach, o‘rmonchi fotosuratda aslida nima tasvirlanganini aytib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu ob’ekt umuman oyoq emas, balki "o‘lik odamning barmoqlari" deb nomlangan Xylaria polymorpha qo‘ziqorinidir. Odatda ular chirigan pona va daraxtlarda o‘sadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Twitter’ga qo‘ygan surati, barchani qo‘rqitib yubordi, Hindistonlikning | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя