Главная » 2021 » Сентябрь » 7 » Hindistonda bedavo virus tarqalmoqda
18:44

Hindistonda bedavo virus tarqalmoqda


Hindistonning Kerala shtatida yashovchi 11 kishida o‘limga sabab bo‘luvchi “Nipah” virusi simptomlari topildi, biroq ularning ahvoli barqaror. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda.

Hindiston tibbiyot fanlari instituti professori Ashutosh Bisvasning so‘zlariga ko‘ra, ushbu virusning tashuvchisi mevali ko‘rshapalaklar hisoblanadi. Virus respiratorli simptomlar bilan bir qatorda isitma, mushaklar og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishiga olib kelishi mumkin.

Bisvasga ko‘ra, mevaxo‘r ko‘rshapalaklar ma’lum bir geografik hududda yashaydi. Agar ular boshqa joylarga uchib o‘tsa, tabiiyki, virus ham tarqalishi mumkin. Uning aytishicha, virus odamlar orasida tez tarqaladi va uning davosi yo‘q.

“Undan oldin bizda “Nipah” virusi ikki marta avj olgan: birinchisi Keralada, ikkinchisi G‘arbiy Bengaliyada. So‘nggi epidemiya chog‘ida kasallangan bemorlarning 90 foizga yaqini vafot etgan”, deydi Bisvas.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu muammo global bo‘lib, Hindiston yaqinidagi boshqa bir qator mamlakatlarda, jumladan, Bangladeshda virus avj olgan.

Xabarga ko‘ra, Kerala hukumati, bundan avval, Kojikod shahrida 12 yoshli bola ushbu virusdan vafot etgani haqida xabar bergan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bedavo, Hindistonda, virus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя