Главная » 2022 » Сентябрь » 14 » Hindiston Rossiya neftini rublga sotib olishdan bosh tortdi
12:07

Hindiston Rossiya neftini rublga sotib olishdan bosh tortdi


Rossiya rasmiylarining Hindiston hukumati bilan sanksiyalar atrofida va an’anaviy jahon valyutalaridan foydalanmasdan savdo qilish bo‘yicha muzokara olib borishga urinishi boshi berk ko‘chaga yetdi.

Hindiston hukumati va kompaniyalari Rossiyaning neft importi bo‘yicha operasiyalarni rublga aylantirish bo‘yicha talabini bajarishni istamayapti. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib “Business Standart” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, Hindiston Yevropa rad etgan barcha xom ashyolarni muntazam ravishda sotib olib, Rossiya neftini xarid qilishni 30 baravarga oshirdi. Yanvar oyida Hindiston neftni qayta ishlash zavodlariga kuniga 30 ming barreldan yetkazib berish iyul oyida kuniga 960 ming barrelgacha ko‘tarildi. Shundan so‘ng mahsulot narxi asta-sekin ko‘tarila boshladi.

Rossiya kelgusida Hindistonga neft eksporti uchun to‘lov “Gazprom”ning Xitoy bilan gaz savdosida “o‘tgan sxemaga o‘xshash” to‘lovni (rublda savdo qilish) talab qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Rossiya rasmiylari tomonidan o‘ylangan global dollar tizimini chetlab o‘tgan to‘lovlar sanksiyalardan himoyalanadi: na Amerika, na Yevropa banki ularni vakillik hisoblari orqali bloklay olmaydi.

Biroq Hindiston tomon rublda savdoga o‘tishga tayyor emas. “Hozircha biz to‘lovlarni dollarda amalga oshiryapmiz. Rubl to‘lovlari juda qiyin bo‘ladi, chunki biz rus valyutasida to‘lamoqchi bo‘lsak ham, shunchaki (kerakli) likvidlik yo‘q”, – deb tushuntiradi Hindiston neft sanoati manbasi.

Qayd etish mumkin, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston delegatlari ishtirok etadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tortdi, bosh, neftini, rublga, Rossiya, olishdan, sotib, Hindiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя