Главная » 2020 » Июнь » 3 » Hind aktrisalari suratga tushgan Gollivud filmlari
22:35

Hind aktrisalari suratga tushgan Gollivud filmlari


Hind aktyorlari nafaqat Bollivud kino sanoatida, balki Gollivudda ham mashhur hisoblanadi. E’tiboringizga hind yulduzlari ishtirok etgan xorijiy filmlar ro‘yxatini taqdim qilamiz.

“Bekhemdek o‘yna” 

Hind aktrisasi Parminder Nagra ishtirok etgan “Bekhemdek o‘yna” filmi 2002-yilda suratga olingan. Unda Kira Naytli, Jonata Ris-Mayers va Anul Kjerlar rol ijro qilgan.

Film sujeti: Panjobdan oilasi bilan Londonga ko‘chib kelgan Jess, qiz bola bo‘lishiga qaramay, futbolga qiziqadi. Ota-onasi esa uni yurist bo‘lishini istaydi. Juliyetta bilan uchrashuvidan keyin taqdiri o‘zgarib ketgan Jess, futbol bilan professional shug‘ullanadi va ota-onasiga bildirmay, musobaqada ishtirok etish uchun Germaniyaga borishga ham ulguradi.

“Ziravorlar malikasi”

Ayshvariya Ray ishtirokidagi “Ziravorlar malikasi” filmi 2005-yil suratga olingan. Filmda Dilan Makdermott, Ayesha Darker va Nitin Ganatralar rol ijro qilgan.

Sujet: Hindistonlik immigrant qiz Tilo, ziravorlar do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Bashorat qilish xususiyatiga ega bo‘lgan Tiloning sotgan ziravorlari xaridorlar istak va tilaklarini qondirishga yordam beradi.

“Pushti Pantera 2”

Ayshvariya Ray ishtirok etgan “Pushti Pantera 2” filmi 2009-yilda suratga olingan.

Bosh rollarni Stiv Martin, Jan Reno, Emili Mortimerlar ijro qilgan.

Sujet: Inspektor Jak Kluzoning vazifasini bajarish davomidagi sarguzashtlarni o‘z ichiga oladi.

“Shovvoz Getsbi”

Amitabh Bachchan ishtirokidagi “Shovvoz Getsbi” filmi 2013-yilda suratga olingan. Hind aktyori ushbu filmda Leonardo Di Kaprio, Tobi Maguayr, Keri Malligan va Ayla Fisherlar bilan suratga tushgan.

Sujet: Nik Karraueyning XX asrga xos bo‘lgan hayot yo‘li, boylik ketidan quvishi, imkonsiz sevgiga erishish uchun qilgan harakatlari oxiri fojia bilan yakun topadi.

“Malibu qutqaruvchilari”

Priyanka Chopra suratga tushgan “Malibu qutqaruvchilari” filmi 2017-yilda suratga olingan. Chopra xonim ushbu filmda Zak Efron, Dueyn Jonson va Kelli Rorbax bilan birgalikda rol ijro qilgan.

Sujet: Tinch okeani sohilida ishlovchi qutqaruvchilar guruhi dam oluvchilarni suvdagi turli xavflardan himoya qiladi. Kunlarning birida guruh a’zolari Mitch va Mett, sohil bilan bog‘liq jiddiy xavf borligi haqida bilib qoladi.

“Romantik emasmi?”

Priyanka ijrosidagi yana bir “Romantik emasmi?” filmi 2019-yilda suratga olingan. Unda Rebel Uilson, Liam Hemsvort, Adam Divayn, Betti Gilpinlar suratga tushgan.

Sujet: Yosh arxitektor Natali jarohatdan keyin hushini yo‘​qotadi va ko‘zini ochganidan keyin atrofdagi insonlar o‘sha-o‘sha, lekin boshqacha bo‘lib qolgan bo‘ladi.

“Oushenning 8 dugonasi” 

Mindi Kalling ishtirok etgan “Oushenning 8 dugonasi” filmi 2018-yilda suratga olingan. Unda bosh rollarni Sandra Bullok, Keyt Blanshet, Rihanna va Enn Heteuey ijro qilgan.

Sujet: Qamoqxonadan chiqqaniga ko‘p bo‘lmagan Debbi Oushen, hayotidagi eng katta o‘g‘rilikni amalga oshirish maqsadida jamoa to‘playdi. Yig‘ilgan qizlardan iborat jamoa xatti-harakatlari asosida voqealar rivoji shakllanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: HIND, filmlari, Gollivud, suratga tushgan, aktrisalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя