Главная » 2020 » Декабрь » 24 » Hasanboy Do‘stmatov bugun professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi
20:07

Hasanboy Do‘stmatov bugun professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi


Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (1-0, 1 KO) 24-dekabr, payshanba kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschiga ushbu jangda mahalliy sportchi Odiljon Sotkinov raqiblik qiladi. Jang super yengil vazn toifasida (-52,1 kg) bo‘lib o‘tadi.

Jangdan oldin Do‘stmatov -52,8 kg, Sotkinov esa 52,5 kg vazn ko‘rsatdi.

Avvalroq Hasanboyga rossiyalik Pavel Gunchenko raqib bo‘lishi xabar qilingandi, biroq jangga bir necha kun qolganda raqib o‘zgargan.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘stmatov professional boksda 2019-yil 16-noyabrda debyut qilgan. Unda Hasanboy meksikalik Xesus Servantes Vilyanuevani 2-raunddayoq nokautga uchratgan.

Jang Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi kutilmoqda. Jangni o‘zbek telekanallari translyatsiya qilmaydi. Jang va uning atrofidagi videolarni bu yerda kuzatib borish mumkin — havola.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Hasanboy Do‘stmatov, boksdagi, jangini, professional | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя