Главная » 2017 » Апрель » 10 » Harbiy tavsiyanoma olgan abiturientlarga 50 foizlik imtiyoz beriladi
13:58

Harbiy tavsiyanoma olgan abiturientlarga 50 foizlik imtiyoz beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 4 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi» qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda 50 foizlik imtiyozga ega bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.

Muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarga imtiyoz yildan-yilga takomillashib bormoqda. Chunonchi, 2005 yildan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar uchun mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz taqdim etilgan bo‘lsa, 2012 yildan e’tiboran bu ko‘rsatkich 27 foiz etib belgilandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda test imtihonlarida to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball taqdim etiladi.

Shu bilan birga, Birinchi Prezidentimizning 2012 yil 31 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining boshqa bandlari o‘zgarishsiz qoldirildi.

Demak, agar abiturient mazkur imtiyozdan foydalangan holda tanlovdan o‘ta olmasa, mamlakatimizning boshqa oliy o‘quv yurtiga qabul qilish to‘g‘risida ariza topshirishi mumkin. Bunda abiturient tanlagan boshqa oliy o‘quv yurtiga qabul qilish tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballni hisobga olgan holda, fanlar bo‘yicha topshirilgan test sinovlari fanlar to‘plami (bloki) va abiturient tomonidan to‘plangan ballarga muvofiq, Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Bunday arizalar test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: abiturientlar, imtiyoz beriladi, 50 foiz, olgan, Harbiy tavsiyanoma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя