Главная » 2017 » Март » 24 » “Hamroh”ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
14:04

“Hamroh”ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi


Alisher Navoiy nomli kinosaroyida triller, drama janrida suratga olingan “Hamroh” filmining jurnalistlar uchun yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Yil filmi nomiga da’vogarlik qilayotgan postanovkachi rejissyor va ssenariy muallifi Akrom Shohnazarovning filmi 10 apreldan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilishi ma’lum qilindi.

Psixologik drama janrida suratga olingan film inson va ruh o‘rtasidagi sirli munosabatlar voqeasiga asoslanadi.

Aktrisa Yulduz Rajabova gavdalantirgan ruh bilan muloqotga kirishgan Adiz Rajabov obrazi tomoshabinga psixologik ta’sir o‘tkazib, uni birgalikda his etishni uddasidan chiqqan. Filmda aktyor Adiz Rajabovni yangidan kashf qilish mumkin. Uning ruhiy kechinmalari hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

Film operatori Rustam Meliev, postanovkachi rassom Alisher To‘liboyev. “Hamroh” Buxoro shahri, Jizzah viloyati hamda Toshkent shahrida 90 kun davomida 45 kun ichida suratga olingan.

Filmda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov, Lola Eltoyeva hamda Karim Mirhodievlar ijro etishgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Hamroh | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя