Главная » 2018 » Май » 12 » HAMMABOP TEST: “Rahbarlikni uddalay olasizmi?”
18:36

HAMMABOP TEST: “Rahbarlikni uddalay olasizmi?”


Hayotning so‘qmoqlari ko‘p. Shunday kunlar keladiki, insonga o‘zgalar ustidan rahbarlik qilishdek mas’uliyatli va sharafli vazifani ado etish nasib qiladi. Xo‘sh, buni kim qanday uddalaydi? Siz mabodo rahbarlik lavozimida ishlashingizga to‘g‘ri kelsa, bosh qashib qolmaysizmi? Ushbu test yordamida o‘zingizni sinab oling.

 

1. Hal etishning bir necha usullari bo‘lmagan boshqaruvni bajonidil zimmangizga ola bilasizmi?

A) Ha
B) Yo‘q.

 

2. Unchalik yuqori bo‘lmagan lavozimlardan bosh tortishingiz oson kechadimi?

A) Ha
B) Yo‘q

 

3. Sizni yuqori lavozimga o‘tkazishgan. Ilgarigi ish joyingizni uzoq vaqt eslab yurasizmi?

A) Ha
B) Yo‘q

 

4. Rahbarlik lavozimida ishlab turib o‘zingizning yangicha boshqaruv usullaringizni ishlab chiqqanmisiz?

A) Ha
B) Yo‘q

 

5. Qo‘l ostingizdagi xodimlarga to‘g‘ri baho bera olasizmi?

A) Ha
B) Yo‘q.

 

6. Kadr tanlashda tanish-bilishchilik va shunga o‘xshash zararli jihatlarga e’tibor berasizmi?

A) Ha
B) Yo‘q

 

7. Siz boshqaruvning universal yo‘lini tutganmisiz, yoki vaziyatga qarab bu usulni o‘zgartirib turish kerak deb hisoblaysizmi?

A) Ha, universal yo‘lni tanlaganman
B) Yo‘q, vaziyatga qarab ish tutish lozim

 

8. Xodimlardan ko‘ra yuqori lavozimdagi shaxslar bilan janjallashmaslik kerak deb o‘ylaysizmi?

A) Ha
B) Yo‘q

 

9. Yangi joyga rahbar etib tayinlansangiz, bu yerdagi eski boshqaruv usulini yo‘qqa chiqarishni xohlarmidingiz?

A) Ha
B) Yo‘q

 

10. Xodimlarga baho berishdan oldin o‘zingizga go‘yo maslahatchi hisoblangan ichki sezgingiz qalbingizni hech qachon tark etmaydimi?

A) Ha
B) Yo‘q

11. Ishdagi omadsizliklarni lavozimi o‘zingizdan yuqori bo‘lgan shaxslarga tez-tez tushuntirishingizga to‘g‘ri keladimi?

A) Ha
B) Yo‘q

 

12. Unumli mehnat qilish uchun vaqtingiz yetmayotganini tez-tez his etasizmi?

A) Ha
B) Yo‘q

 

13. Ob’ektda, xodimlar orasida tez-tez bo‘lib tursangiz, rahbar sifatida obro‘yingiz oshishiga ishonasizmi?

A) Ha
B) Yo‘q

 

14. O‘zingizni xodimlaringiz nazarida kuchli, bilimdon va tadbirkor rahbar deb hisoblaysizmi?

A) Ha
B) Yo‘q.

 

NATIJALAR

 

“HA” JAVOB UChUN:

 

Sizni kuchli va yaxshi rahbar deb bo‘lmaydi. Nazarimizda, siz eskicha boshqaruv yo‘lida qolib ketgansiz. To‘g‘ri, tashqaridan qaraganda, korxona yoki tashkilotingizda ishlar juda yaxshi ketayotgandek. Ammo o‘ylab ko‘ring. Xodimlaringiz sizga qanday ko‘z bilan qarashmoqda? Balki ortingizdan g‘iybat ham qilishayotgandir? Hurmatingiz ular orasida bormi-yo‘qmi, shuni bir tekshirib olib, ana undan so‘ng ish usulingizni ham o‘zgartirishga urinsangiz yomon bo‘lmasdi.

 

“YO‘Q” JAVOBI UChUN

 

Sizga har qanday rahbarning havasi kelsa, sizdan o‘rnak olsa arziydi. Qaerga bormang, qanday lavozimga tayinlanmang, birinchi navbatda ichkaridagi muhit bilan yaqindan tanishasiz. Har bir xodimning ichki dunyosini o‘rganasiz. Va qolaversa, hammasini jamlab, undan so‘ng boshqaruv usulini ishlab chiqasiz. Bo‘sh kelmang!

Olimjon HAYIT tayyorladi


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Testlar, Psixologiya | | Теги: test, Rahbarlik, hammabop, uddalay olasizmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя