Главная » 2021 » Октябрь » 12 » Hali uzoq kutasiz... Chevrolet Onix qachon sotuvga chiqishi ma’lum qilindi
11:01

Hali uzoq kutasiz... Chevrolet Onix qachon sotuvga chiqishi ma’lum qilindi


Avvalroq «UzAuto Motors» kompaniyasi Chevrolet Onix hamda Tracker 2 modellari yig‘ish boshlanishini ma’lum qilgandi.

Shu sabab aholi orasiada Chevrolet Onix shu kunlarda sotuvga chiqib qolishi haqida mish-mishlar tarqayotgandi. Ammo...

Kompaniya xabariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida Chevrolet Onix hamda Tracker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.

«Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.

Chevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan», deyiladi kompaniya xabarida.

Demak, yana bir yildan ziyod kutishingizga to‘g‘ri keladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chevrolet, Onix | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя