Главная » 2016 » Декабрь » 8 » Hafta oxirida O‘zbekistonda sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
18:15

Hafta oxirida O‘zbekistonda sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda


Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo yomonlashadi. Mamlakatning ko‘pchilik mintaqalarida 9–10-dekabr, juma va shanba kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi, havo harorati noldan past darajaga tushadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbiy shamol tezligi 7−12 m/s, sharqiyga o‘tishi kuzatiladi. 9-dekabr kechasi havo harorati −10…−5, ertalab −5…−0 daraja, 10−11-dekabrda esa tunda −5…−0, kunduzi +4…+9 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan va bulutli bo‘ladi, 9-dekabr vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik — yomg‘ir va qor kuzatiladi. 10−11-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Tunda ob-havo −3…+2 dan −8…−3 ga o‘zgarib turadi, 9−10-dekabr ertalabki soatlarda −3…+2, 11-dekabr — +5…+10 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan bulutli bo‘ladi, 9−10-dekabr kuni vaqti-vaqti bilan qor, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor, 11-dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman kutilmoqda. 9-dekabr kuni ob-havo kunduzi va kechasi +2…+7 daraja; 10−11-dekabr kechasi −5…−0 daraja, ba’zi joylarda −8…−6 gacha bo‘ladi, 10-dekabr ertalabki soatlarda havo harorati −2…+3 daraja, 11-dekabr kuni esa +2…+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan bulutli bo‘ladi, 9−10-dekabr kunlari ayrim joylarda qor va yomg‘ir yog‘adi, 11−12-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. 9-dekabrda havo harorati +2…+7 daraja, 10−11-dekabr kechki soatlarda −5…−0 daraja, ayrim joylarda −8…−6 darajagacha, 10-dekabr ertalabki soatlarda −2…+3 daraja, 11-dekabr kuni esa +2…+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysida ham o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, 9−10-dekabr kunlari yomg‘ir va qor kutilmoqda, 11−12-dekabr kunlari esa yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. 9-dekabr tunida havo harorati 0…+5 daraja, ertalabki soatlarda +3…+8 daraja bo‘lsa, 10−11-dekabr kunlari esa havo harorati −5…−0 darajagacha, ba’zi joylarda −8…−6 darajagacha, ertalabki soatlarda −2…+3 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, 9−10-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi, ko‘chki xavfi bor, 11−12-dekabr kunlari esa yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. 9-dekabrda havo harorati −5…−0 daraja; 10−11 dekabr kechki soatlarda −10…−5 daraja, ertalabki soatlarda −5…−0 daraja bo‘lishi kutilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя